21:14 / 20.02.2017
21100

Zo‘rdan zo‘r chiqdi: qizil sakkizoyoq va ko‘k qisqichbaqa jangi kutilmagan tarzda yakun topdi

Suv osti dunyosini suratga oluvchi suratkash Konnor Gallaxer Kaliforniyadagi Monterey shahri sohillari yaqinida ko‘k qisqichbaqaning (Paralithodes platypus) qizil sakkizoyoq (Octopus rubescens) bilan to‘qnashuvini tasvirga oldi. Ushbu rolikka Gizmodo nashri o‘z e'tiborini qaratdi.

Sakkizoyoq bir daqiqa davomida qisqichbaqaga hujum qilishga urinadi, biroq qisqichbaqa uning hamlalaridan qochishga muvaffaq bo‘ladi. Shunda birdaniga qayerdandir tyulen paydo bo‘lib, "tajovuzkor" sakkizoyoqni tutib olib, bir yamlab yutib yuboradi va qisqichbaqani "kattagina" muammodan xalos qiladi.     

Bo‘layotgan voqeani tasvirga olgan dayver jangning bunday kutilmaganda yakunlanishidan kulib yuborgan.

Gallaxer videoga qoldirgan izohida tyulen paydo bo‘lmaguncha qisqichbaqa va sakkizoyoq o‘rtasida "buyuk jang" ketganini tan oladi.

Mavzuga oid
Top