Sakkizoyoqlar özini yutib yuborişga harakat qilayotgan delfinlarni öldirişga qodir. Bu holatga doir birinçi noodatiy hodisa Najid Stivens boşçiligidagi avstraliyalik olimlar tomonidan Marine Mammal Science jurnalida e'lon qilindi. 2015 yilning avgustida qirğoqda halok bölgan delfinni olimlarning laboratoriyasiga olib kelişgan. Şu bilan birga, uning oğzidan sakkizoyoq paypaslagiçlari (Macroctopus maorum) çiqib turgan.
Ma'lumki, bu suvlarda köp uçraydigan delfinlar, hind afalinlari sakkizoyoqlarni ovlaydi, ba'zida ularni suv ustiga çiqarib taşlab, öldiriş hamda bir neça bölaklarga bölişga harakat qiladi. Olimlarning sözlariga köra, delfinlar böğizni nafas oliş yöllari bilan boğlovçi kiçik tilni böşaştirişi mumkin, bu katta oziq bölaklarini yutiş uçun kerak böladi.
Biroq delfinni yorib köriş şuni körsatdiki, bir yarim metrlik yutib yuborilgan sakkizoyoq yutiş çoğida ölik holatda bölmagan hamda öz paypaslagiçini böğizga tiqişga ulgurgan, bu esa delfinning böğilişiga olib kelgan.












