Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi «Leganes»ga urgan g‘alaba golini nishonlamadi. Bu ko‘zlarda quvonch yo‘q
«Barselona» muxlislari keyingi vaqtlarda Messini yuqori kayfiyatda ko‘rishmayapti. Ispaniya chempionatining navbatdagi turida katalonlar klubi oxirgi daqiqada Messi penaltidan urgan gol evaziga «Leganes»ni mag‘lub etdi, lekin Leo bu o‘yindagi dublini nishonlamadi. Quyidagi suratlarda uning ko‘zlarida quvonch yo‘qligini ko‘rish mumkin.
U birinchi golda ham xursandchilik qilmagandi.

Penaltidan urilgan goldan keyin esa Neymar unga yaqinlashishga ham hayron.


Messi golni nishonlamaganiga sabab sifatida jamoa muxlislari Andre Gomesh va Luis Enrikga hushtakbozlik uyushtirgani aytildi. Lekin jamoa sport direktori Robert Fernandes bu taxminni rad etdi. «Messining bu harakati muxlislar tufayli deb o‘ylamayman. Hammaning o‘z sababi bo‘ladi. Ko‘p futbolchilar gollarini nishonlashmaydi», degan u. U 90-daqiqadagi g‘alaba goli haqida gapirayotgandi.
Qayd etish kerakki, «Barselona»da Parijdagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng muhit yaxshi emas.
O‘yindan keyin jamoa futbolchilari bosh murabbiy Luis Enrike bilan yaxshi munosabatda emasligi haqida xabarlar tarqaldi. Murabbiyning o‘zi esa bu haqda hech narsa bilmasligini aytdi. Keyinroq u mavsum oxirida jamoadan ketishi haqida xabar paydo bo‘ldi. Lekin bu xabar jamoa rahbariyati tomonidan inkor etildi.

Mavzuga oid
18:18 / 12.12.2024
O‘zbekistonlik 18 yoshli futbolchi faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi
00:15 / 26.11.2020
Messi: «Diyego biz bilan qoladi, chunki u abadiy»
20:28 / 23.11.2020
Messi Kiyevdagi YeChL o‘yiniga bormaydi. Kuman sababini tushuntirdi
00:32 / 23.10.2020