Sport | 18:18 / 12.12.2024
33995
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik 18 yoshli futbolchi faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi

«Lokomotiv» klubi hamda O‘zbekiston yoshlar jamoasining iqtidorli yarim himoyachisi Lazizbek Mirzayev faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

Foto: UFA

Toshkent klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «temiryo‘lchilar» Lazizbek Mirzayevni «Leganes» klubiga transfer qilgan. «Leganes» jamoasi La Liga ishtirokchisi sanalib, turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.

«Lazizbek Mirzayev futboldagi ilk qadamlarini «Lokomotiv» futbol maktabida Saydullo Tursunov qo‘l ostida yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, o‘z yosh toifasida O‘zbekistondagi eng iqtidorli futbolchilardan biri hisoblanadi. Uning O‘zbekiston U17 jamoasida sardor sifatida harakat qilishi ham bejiz emas. Biz Lazizbek Mirzayevga minnatdorchilik bildirgan holda Ispaniyadagi faoliyatiga omad tilab qolamiz», - deyiladi «Lokomotiv» xabarida.

Yil boshida Mirzayev ushbu jamoaning yig‘inlarida ham qatnashgan va qishda 18 yoshga to‘lgach, ispan klubi bilan rasman shartnoma imzolashi haqida xabar qilingandi. 

Ma’lumot uchun, Lazizbek joriy mavsum Superligada 14 o‘yinda to‘p surdi, u to‘p surgan «Lokomotiv» klubi Pro ligaga ravona bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Mirzayev 2023 yilda O‘zbekiston U17 jamoasi safida yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashib, skautlar e’tiboriga tushgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid