08:43 / 21.02.2017
50806

Shavkat Mirziyoyev geologlar faoliyatidan norozi

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Strategik muhim geologik tadqiqotlar va qattiq foydali qazilmalar konlarini o‘zlashtirishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hujjatning asosiy mazmunini tashkil etadi.  

Loyihada qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistondagi qimmatbaho, rangli va nodir metallar mavjudligi aniqlangan 435ta yer osti uchastkasining 380tasi (87 foizi) respublikaning mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq istiqbolli dasturlariga qamrab olinmagan, qattiq foydali qazilma konlarining 120tasi (71 foizi)da qayta ishlash yo‘lga qo‘yilmagan. 

2009 yildan buyon taklif qilingan 38ta istiqbolli maydon va 159ta investitsiyaviy blokdan faqatgina 10ta istiqbolli maydonda geologik o‘rganish ishlari olib borilgan va 2ta konga xorijiy investitsiya jalb qilingan, xolos. Ushbu loyihalar borasida dastlabki o‘rganish bosqichi amalga oshirilgan, konlar sanoat miqyosida o‘zlashtirilmagan. 

Loyihada xorijiy investitsiyalarni mazkur sohaga keng jalb qilish hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish uchun qattiq foydali qazilmalarning strategik muhim turlari, istiqbolli uchastka va konlar ro‘yxatini ishlab chiqish ta'kidlangan.

 

Mavzuga oid
Top