Iqtisodiyot | 21:33 / 22.02.2017
5835
2 daqiqa o‘qiladi

2022 yilga borib avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari soni 2 mingtani tashkil etadi

O‘zbekistonda avtotransport tizimi va transport xizmati takomillashtirilmoqda. Yangi yo‘nalishlar ochilib, yo‘l haqi to‘lash va transport harakatini nazorat qilishning zamonaviy elektron tizimlari joriy etilmoqda. 

So‘nggi uch yilda qariyb 3 mingga yaqin avtobus va 12 ming umumiy yengil avtomobil xarid qilindi va yo‘nalishlarga chiqarildi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bo‘lim boshlig‘i Galina Magay ma'lumotiga asoslanib, O‘zA xabar bermoqda. 

– Rejaga ko‘ra, kelgusi besh yilda 300 dan ortiq yo‘lovchi yo‘nalishi ochiladi, ularning 240 tasi shahar atrofida va shaharlararo qatnaydigan yo‘nalishlardir. 2021 yil oxirida avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari soni 11,8 foizga ortib, 2 ming yo‘nalishni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. Ularning 1600 tasi shahar atrofiga xizmat qiladigan va shaharlararo qatnaydigan marshrutlardir. 2017-2021 yillarda lizing kompaniyalari orqali imtiyozli bank kreditlari asosida 8,6 mingta yo‘lovchi transporti, jumladan, 5,7 mingta umumiy foydalaniladigan yangi mikroavtobus xarid qilinadi, – dedi Galina Magay. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid