Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Airbus kompaniyasi daromadi 63 foizga kamayib ketdi
Airbus aerokoinot konsernining sof yillik daromadi 2016 yilda 995 mln yevroni tashkil qildi va bir yil avvalgidan 63 foiz kamroq bo‘ldi. Bu haqda 22 fevralda kompaniya saytida ma'lum qilindi.
Daromadning keskin pasayishi A400M harbiy-transport samolyotini yaratish dasturi bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar bilan bog‘langan. Samolyotda havo vinti reduktorining ba'zi elementlari qizib ketishi va ishdan chiqishi muammolari aniqlangan. Kompaniya shu sababli samolyot konstruksiyasiga o‘zgartirishlar kiritishiga to‘g‘ri kelgan, bu esa konsernga 2,2 mlrd yevroga aylangan.
Fuqarolik samolyotlaridan ko‘rilgan foyda 2,8 mlrd yevroni (2015 yilga nisbatan 2 foiz ko‘proq), vertolyotlardan ko‘rilgan foyda esa 350 mln yevroni (2015 yilga nisbatan 18 foiz kamroq) tashkil qilgan. Hisobot chop etilgandan keyin kompaniya aksiyalari 2 foizga arzonlashgan.
7 fevralda Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen parvozlari uchun qo‘llanishi kerak bo‘lgan A400M samolyoti birinchi reysi vaqtidayoq buzilib qolgani ma'lum qilingandi. Mudofaa vaziri samolyotning bir dvigateli ishlamay qolgani sabab undan foydalana olmagan.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
11:57 / 04.05.2026
O‘zbekistonliklarning quyosh elektr energiyasini sotishdan olgan daromadi 9 barobarga oshdi
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
12:47 / 25.04.2026