18:52 / 22.02.2017
11240

Yanukovichning jahon yetakchilariga yo‘llagan maktublari e'lon qilindi

Foto: RIA "Novosti"

Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning jahon yetakchilariga yo‘llagan maktublari to‘la matni e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda RT.

Yanukovich Germaniya, Fransiya va Polsha yetakchilari, qator xalqaro tashkilotlar va Rossiya hamda AQSh prezidentlariga yuborgan xabarlarida 2014 yilgi “Maydon” hodisalari haqida gapirib berib, Ukrainadagi mojaroni hal etish usullarini ko‘rsatib o‘tgan.

Yanukovichning AQSh prezidenti Donald Trampga yo‘llagan maktubida yozishicha, “Ukrainaga tinchlik va qonun ustuvorligini faqatgina 2013-2014 yillardagi fojiali hodisalarni halol va oshkora tekshiruvdan o‘tkazish orqali qaytarish mumkin. O‘sha voqealar mojaroning yanada kuchayishi orqali Ukrainada fuqarolik urushi ro‘y berishiga olib keldi".

Yanukovich Trampga “Ukrainada insonning asosiy huquqlari himoya qilinishiga yo‘naltirilgan, demokratiya va qonun ustuvorligini tiklash bo‘yicha harakatlarni amalga oshirish” haqida iltimos bilan murojaat qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yo‘llangan maktubda ham Ukrainada inson huquqlarini himoya qilish, demokratiyani tiklash uchun choralar ko‘rish kerakligi haqida so‘z yuritilgan. 

Avvalroq Yanukovich jahon yetakchilarini “maydon” bo‘yicha maxsus komissiyani tashkil etishga chaqirgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top