Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Daun sindromli shimpanze aniqlandi
Yaponiyaning Kumamoto qo‘riqxonasida Kanako laqabli shimpanze yashaydi - u Daun sindromi qayd etilgan dunyodagi ikkinchi maymun. Primates jurnalida shu haqida ma'lumot berildi.
1969 yilda birinchi marta shimpanzeda 22 xromosomali trisomiya aniqlangan. Xasta jonivorning umri hatto bir yilga ham bormagan, shunday ekan, 1992 yilda tug‘ilgan Kanako - bunday noqislik bilan uzoq yashagan birinchi maymun.

U doim nimjon bo‘lgan, yurak sohasida muammolarga ega bo‘lish bilan birga tishlari ham rivojlanmagan. 7 yoshga yetganda katarakta tufayli ko‘zlari ko‘rmay qolgan. Bularning barchasi Daun sindrom mavjud odamlarga ham xosdir. 2014 yilda yuragidagi muammolar sabab olimlar uni genetik tadqiq qilishga qaror qilishgan va trisomiyani aniqlashgan.

Kanako boshqa shimpanzelardan alohida yashaydi va agressiyadan qochadi. U bir oy davomida o‘ziga g‘amxo‘rlik qilgan boshqa bir maymun bilan do‘stlashib yurdi. Olimlar hozircha trisomiyaning maymunlar orasida qanchalik keng tarqalganini aniq bilishmaydi. Odamlarda har 600 tug‘uruqqa bir Daun sindromli bola to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026