Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 8ta kichik sanoat hududlari tashkil etilishi mumkin
Toshkent shahrida 8ta kichik sanoat hududlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Toshkent shahri hokimiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasini tayyorlagan.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, kichik sanoat zonalari poytaxtning 8 tumani: Mirzo-Ulug‘bek, Yashnobod, Olmazor, Mirobod, Chilonzor, Yunusobod, Bektemir va Uchtepa tumanlarida tashkil etiladi.
Mazkur hududlardagi ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari tadbirkorlik sub'yektlariga 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi. Barqaror o‘sish sur'ati, loyihani hayotga tatbiq etish bo‘yicha shartlar ta'minlansa, soliq va to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lab borilsa ijara muddati o‘z-o‘zidan uzaytiriladi.
Shu bilan birga, kichik sanoat zonalari ishtirokchilari ijara to‘lovlari borasida imtiyozlarga ega bo‘ladi.
Hujjatda qayd etilishicha, tijorat banklari mazkur zonalarda loyihalarni amalga oshirayotgan kompaniyalarga kamida 7 yil muddatga imtiyozli kreditlarni 24 oylik Markaziy bank qayta moliyalash stavkasidan ko‘p bo‘lmagan imtiyozli foiz stavkalari asosida taqdim etadi.
Mavzuga oid
13:38 / 21.05.2026
Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
13:40 / 20.05.2026
Toshkent shahar hokimi daraxtlar kesilishiga munosabatini aytdi
12:48 / 19.05.2026
“Yaxshi foyda bo‘lmasa, tashlab ketadiganlardan emasmiz” – Germaniya elchisi
16:40 / 16.05.2026