Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina TIV: Rossiyani BMTda veto huquqidan mahrum qilish kerak
Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Rossiyaga doir keskin bayonot bilan chiqish qildi. Uning fikricha, RFni Ukraina sharqidagi vaziyatga doir qaror qabul qilishda BMT Xavfsizlik kengashidagi vetodan mahrum qilishi kerak, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
«Biz veto huquqi suiiste'molliklariga chek qo‘yish uchun XKni zudlik bilan isloh qilishimiz lozim. Xavfsizlik kengashi qonli mojarolarga samarali ta'sir ko‘rsata olishi kerak. Bunda, unga mojaro tomonlaridan birida XKning doimiy a'zosi bo‘lishi salbiy ta'sir ko‘rsatmasligi shart», — degan Ukraina TIV rahbari.
Klimkinning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukraina sharqidagi mojaroda Donbass tomonida bo‘lgani sababli Rossiyani BMT XKdagi veto huquqidan mahrum qilish kerak.
Ukraina vazirining xotirlashicha, BMT Nizomining 27-moddasi uchinchi xatboshisiga ko‘ra, «ziddiyat ishtirokchisi bo‘lgan tomonlar XK qarori qabul qilinishida ovoz bermasligi kerak».
Klimkinning qayd etishicha, bu qoida «jiddiy ravishda buzilib kelinmoqda».
2016 yil oktabr oyida Rossiya va AQSh BMT XKda veyeto huquqini cheklashga qarshi chiqqan edi.
Mavzuga oid
23:00 / 27.03.2026
Rossiyalik deputatlar ko‘p yillar davomida birinchi marta AQSh Kongressiga bordi
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
14:47 / 27.03.2026
Zelenskiy: «Saudiya Arabistonida Ukrainani qiziqtiradigan narsa bor»
09:33 / 27.03.2026