Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganch-Xiva temir yo‘li qachondan ishga tushirilishi ma'lum bo‘ldi
Arxiv fotosi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi Urganch-Xiva yangi temir yo‘l liniyasini joriy yil yakuniga qadar yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi kompaniya bosh muhandisi Husnitdin Hosilov Sputnikka.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi temir yo‘l magistralining uzunligi qariyb 30 kilometrni tashkil etadi. U Xorazm viloyati ma'muriy markazini butun dunyoga mashhur "ochiq osmon ostidagi muzey" – Xiva bilan bog‘laydi.
"Davlat rahbari yanvar oyi oxiridagi Xorazm viloyatiga tashrifi davomida ushbu yo‘lni qurish haqidagi tashabbusni ilgari surdi. Davlat rahbarining topshirig‘idan bir kun o‘tib yo‘l quriladigan yerga mutaxassislarning maxsus ishchi guruhi chiqdi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibiga kiruvchi ikkita loyiha instituti esa yangi magistralning loyihasini ishlab chiqishni boshladi. Texnika esa uch kun o‘tib ishlarni boshladi”, - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, Xivada loyiha doirasida zamonaviy vokzal qurish ham nazarda tutilgan, u barcha zamonaviy arxitektura qarorlari va muzey-shaharning qadimiy ruhidan dalolat beruvchi jihatlar bilan uyg‘unlashtiriladi.
Temir yo‘l liniyasi elektrlashtiriladi, kelajakda esa bu yerdan Talgo zamonaviy yuqori tezlikdagi poyezdlari qatnaydi. Mutaxassislarning fikricha, uni yo‘lga qo‘yish mintaqadagi yo‘lovchi va yuk tashishlar salohiyatini oshirib, sayyohlar oqimining ko‘payishiga olib keladi.
Avvalroq O‘zbekistonda “Urganch-Xiva” temir yo‘l liniyasining qurilishi boshlangani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
08:25 / 07.02.2026
Centrum Air'ning Urganch-Toshkent reysiga 12 yo‘lovchi “sig‘may” qoldi
18:57 / 25.01.2026
Urganch–Xiva yo‘nalishida pulli avtomobil yo‘li quriladi
23:12 / 14.01.2026
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
10:52 / 25.12.2025