5 may kuni «Toşkent-Markaziy» vokzalida Hyundai Rotem kompaniyasining Toşkent – Xiva – Toşkent yönalişida qatnovçi birinçi «Jaloliddin Manguberdi» yölovçi poyezdi tantanali ravişda yölga çiqdi va manzilga yetib bordi.
Uşbu poyezd harakatini yölga qöyiş uçun Özbekiston temiryölçilari tomonidan 450 kilometrlik «Buxoro – Urganç – Xiva» uçastkasi töliq elektrlaştirildi.
Qayd qilinişiça, ayni paytda poyezdlar Toşkentdan Xivagaça bölgan masofani 14 soatda bosib ötayotgan bölsa, Hyundai Rotem poyezdi harakatga qöyilişi bilan bu vaqt deyarli ikki barobarga qisqaradi: 1 ming 22 kilometrlik masofa 7,5 soatda bosib ötiladi.
Yettita vagondan iborat tarkib 389 nafar yölovçini manzilga yetkazadi. Ilk qatnovda yölovçilarning aksariyati xorijlik sayyohlar böldi. Reys davomida poyezd Samarqand, Buxoro va Urganç şaharlarida töxtab ötdi.
Ta’kidlanişiça, 2027 yildan boşlab, uşbu tezyurar poyezd qatnovini Nukus şahrigaça uzaytirilişi rejalaştirilgan.
Poyezd Toşkentdan Xivaga seşanba, payşanba va şanba hamda Xivadan Toşkentga esa çorşanba, juma va yakşanba kunlari harakatlanadi.











