Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uyida 4 tonna rangli metall to‘plagan “sheryurak” baribir qo‘lga tushdi
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida olib borilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Q.Xo‘jayevning xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, xonadonda 4 tonnadan ortiq rangli metall parchalari g‘amlab qo‘yilgan holda noqonuniy ravishda saqlab kelinayotganligi aniqlandi. Uy egasining ta'kidlashicha, ushbu alyuminiy parchalarini viloyatning turli hududlaridan uyma-uy yurgan holda yig‘ilgan.

Shuningdek, bojxonachilar Qarshi tumanida olib borilgan tezkor tadbir davomida yana bir fuqaro S.Ergashevning noqonuniy qilmishlarini fosh qilishdi. O‘z xonadonida yashirin sex faoliyatini yo‘lga qo‘ygan ushbu shaxs turli joylardan yig‘ib kelingan alyumin metall parchalarini qo‘lbola usulda eritib, turli qoliplarga quyish yo‘li bilan qozon va oftobalar yasab kelgan.

Tadbir davomida ushbu xonadonda qo‘lbola usulda yasalgan qiymati 18 mln. so‘mdan ortiq 234 dona har xil sig‘imdagi qozonlar, 138 dona qozon qopqoqlari, 13 dona oftobalar, ularni tayyorlashga mo‘ljallangan 7 dona qoliplar va unga tegishli materiallar hamda 1 tonna 134 kg. alyuminiy metall chiqindilari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Ular qonun oldida javob beradigan bo‘lishdi.

Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
09:50 / 12.06.2026