Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada mohir haydovchi yuk mashinasini ag‘darilishdan arang to‘xtatib qoldi (video)
Janubiy Koreyadagi yo‘llardan birida yuk mashinasi haydovchisi yo‘lda ketayotganda to‘satdan boshqaruvni yo‘qotib, yonboshlagancha ikki g‘ildirakda bir necha soniya yurib, katta tonnalik mashinani normal holatga qaytara oldi.
Ushbu holat tasvirlangan videoga ko‘ra, yuk mashinasining to‘satdan g‘ildiragi yorilib ketgan. Buning oqibatida mashina yonboshlab qolgan va ag‘darilib ketishiga bir baxya qolgan. Biroq haydovchining mohirligi tufayli mashinaning muvozanati saqlanib qolingan: mashina 45 gradusga yonboshlab, ikki g‘ildirakda bir necha metr masofa yurgach, haydovchi uni yana 4 ta g‘ildirakka qo‘ya olgan.