Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinda prezident Duterteni tanqid qilgan senator hibsga olindi
Foto: Reuters
Filippinda prezident Rodrigo Duterteni tanqid qilishi bilan tanilgan muxolif senator Laylo de Lima hibsga olindi. Bu haqda 24 fevralda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Mahalliy sud senatordan tashqari, uning sobiq haydovchisi va tansoqchisini ham hibsga oldi. "Haqiqat oshkor bo‘ladi, men adolat bo‘lishiga erishaman. Men aybsizman", deb aytdi OAV vakillariga senator politsiya uni idorasidan olib chiqib ketayotganda.
O‘tgan haftada Filippin adliya vazirligi de Limaga giyohvandfurushlardan pora olish ayblovini qo‘ygandi.
21 fevralda senator mamlakat hukumatini Dutertega impichment e'lon qilishga chaqirgandi. 2016 yilda esa u Dutertega nisbatan tergov o‘tkazish talabi bilan Xalqaro jinoiy sudga murojaat qilgandi. Senator Duterte tomonidan giyohvandlarga qarshi qo‘llanuvchi usullarni "insoniylikka qarshi jinoyatlar" deb atagandi.
Mavzuga oid
11:46 / 17.11.2025
Filippin poytaxtida yuz minglab odamlar korrupsiyaga qarshi norozilikka chiqdi
21:35 / 09.11.2025
Filippinda yaqinlashib kelayotgan tayfun sababli qariyb bir mln kishi evakuatsiya qilindi
08:37 / 06.11.2025
Filippinda “Kalmayegi” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni ortmoqda
13:40 / 05.11.2025