Fotoreportaj: Andijonda “Namunali ichki ishlar organlarining tayanch punktlari” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
Andijon viloyat qo‘g‘irchoq teatri zalida "Namunali ichki ishlar organlarining tayanch punktlari" an'anaviy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Teatr foyesida profilaktika inspektorlari bilan mahalla fuqarolar yig‘inlarining hamkorlikda olib borayotgan ijobiy ishlari ko‘rgazmalari namoyish qilindi. Bu haqda Kun.uz’ning Andijon viloyati muxbiri xabar bermoqda.
Tadbirda viloyat hokimligi, ichki ishlar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va xalq ta'limi boshqarmalari "Mahalla" xayriya jamoat fondi, "Nuroniy" jamg‘armasi viloyat bo‘limlari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.Parpiyevlar Istiqlolning dastlabki yillaridan yurtimizda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, jamoat tartibini saqlash vazifalariga ustuvor ahamiyat berilayotgani, ichki ishlar organlari xodimlari bilan aholi o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro ishonch va ochiqlikni ta'minlash maqsadida profilaktika inspektorlari, ichki ishlar idoralari tayanch punktlari, “Mahalla posboni” kabi institutlar tashkil etilgani O‘zbekistonda tinch-osuda hayot ta'minlanishiga xizmat qilayotgani haqida so‘zladilar.
Tadbir davomida turli nominatsiyalardagi g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.
Mavzuga oid
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024
Andijondagi xonadonlardan birida 4 kishi gazdan zaharlanib vafot etdi - manba
11:38 / 25.10.2024
Viloyatlar orasida eng zich aholi Andijonda yashashi ma’lum qilindi
15:50 / 21.10.2024