O‘zbekiston | 08:21
1761
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda 1980-yillarda qurilgan magistral suv tarmog‘i yangilanadi

Andijon viloyatida 1980-yillarda barpo etilgan magistral suv tarmog‘ini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda. Aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ushbu masala Saida Mirziyoyeva ishtirokida o‘tkazilgan ishchi yig‘ilishda muhokama qilindi.

Foto: Telegram / SShMirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Andijon viloyati rahbariyati va tuman hokimlari ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda respublika, viloyat, tuman va mahalla darajasidagi dolzarb masalalarni hal etishda barcha bo‘g‘inlar o‘rtasidagi hamjihatlik muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Shuningdek, qarorlarni tezkor qabul qilish, ularning ijro muddatlari va mas’ullarini aniq belgilash zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan asosiy masalalardan biri 1980-yillarda qurilgan magistral suv tarmog‘ini yangilash bo‘ldi. Qayd etilishicha, mazkur inshoot ko‘plab xonadonlar, mahallalar va tashkilotlarning suv ta’minoti uchun muhim ahamiyatga ega.

Shu munosabat bilan magistral suv tarmog‘ini rekonstruksiya qilish ishlarini kechiktirmasdan boshlash zarurligi ta’kidlandi. Loyihaning amalga oshirilishi aholini barqaror va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid