Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiya aviakompaniyasi AQShga tarixdagi eng arzon reyslar taklif qilmoqda
Foto: GETTY IMAGES
Norvegiyaning Norwegian Air Shuttle aviakompaniyasi AQShga yangi tariflar taklif qildi: iyul o‘rtasidan boshlab kompaniya transatlantik reyslar uchun bir tomonga 65 dollardan chiptalar taklif qilmoqda. Kompaniyaning ta'kidlashicha, bu tarixdagi eng past narxdir.
Bu narxga Belfast va Edinburgdan Nyu-York va Bostonga parvoz qilish mumkin bo‘ladi. Bunday reysga eng arzon chipta 65 dollar, standart chipta esa 99 dollar turadi.
Hozirda Dublindan Nyu-Yorkka reys 655 dollardan 2755 dollargacha turadi.
"Men o‘zimga kerak narsa uchun, siz esa sizga kerak narsa uchun to‘laysiz. Biz samolyotning qolgan yo‘lovchilari uchun kerak bo‘lgan narsa uchun haq to‘lamaymiz", deb ushbu tarifni reklama qildi kompaniya vakili Anders Lindstrem. Biroq u narxni nima hisobiga bunday darajada pasaytirishga erishilgani sababini aytmagan.
Norwegian Air Shuttle aviakompaniyasining AQShdagi faoliyati bir necha yillardan beri AQSh aviakompaniyalari noroziliga sabab bo‘lib keladi. Ular norveg kompaniyasini narxlarni sun'iy pasaytirishda ayblab keladilar.
Mavzuga oid
22:54 / 27.04.2026
Aroqchi Putinga AQSh bilan muzokaralarga nima to‘sqinlik qilayotganini aytdi
08:51 / 27.04.2026
Tramp: eronliklar gaplashishni istasa, oldimizga kelishi yoki qo‘ng‘iroq qilishi mumkin
11:09 / 26.04.2026
Yaqin Sharqda yadroviy muvozanat | “Geosiyosat”
10:40 / 26.04.2026