Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida og‘ir jinoyat fosh etildi
2017 yil 6 fevral kuni taxminan soat 18:30larda Toshkent shahar Uchtepa tumanida 4-5 nafar noma'lum shaxs qora rangli niqob va qo‘lqob kiygan holda davlat raqami noma'lum bo‘lgan, oq rangli “Neksiya-1” rusumli avtomashinada kelib, “Neksiya-2” rusumli avtomashina haydovchisi, Uchtepa tumanida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan kuch ishlatib, qo‘llariga plastmassadan yasalgan kishan taqib, boshiga qora rangli niqob kiydirgan holda, avtomashinada noma'lum tomonga olib ketishgan. So‘ng uning beliga qo‘lbola, yasama moslama taqib, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitib 20.000 (yigirma ming) AQSh dollari miqdorida pul talab qilishgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan 7 fevral kuni Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 137-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari va 165-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV hamda Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlangan 5 nafar shaxslar qo‘lga olindi.
Jinoyatda gumonlanuvchilarning biri - muqaddam sudlangan, Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 1968 yilda tug‘ilgan shaxs, uning jinoiy sheriklarining 2 nafari Parkent tumanida yashovchi – 1969 yilda va 1978 yilda tug‘ilgan, yana 2 nafari esa poytaxtning Uchtepa tumanida yashovchi 1984 va 1991 yilda tug‘ilgan shaxslar ekanligi aniqlandi.
Olib borilgan, tezkor-surishtiruv ishlari natijasida, yuqorida qayd etilgan jinoyatni ular 1991 yilda tug‘ilgan jinoiy sheriklarining “Neksiya” rusumli avtomashinada sodir etganliklari fosh etildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tezkor-tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026