Prezident raisligida Toşkent şahri, xususan Sergeli tumanini rivojlantiriş yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Şavkat Mirziyoyev sönggi yillarda Sergeli tumanida katta özgarişlar bölganini ta’kidladi. Yaqin-yaqingaça poytaxtning çekka hududi hisoblangan Sergelida aholi işlaş, daromad topiş, dam oliş va tibbiy xizmatlardan foydalaniş uçun asosan şahar markaziga borişga majbur edi. Bugun esa tumanda muhit va odamlarning yaşaş tarzi tubdan özgardi.
Sergelida “hayot qaynayapti”. Sönggi ön yilda bu yerda 30 ming xonadonli yangi uy-joylar, umumiy maydoni 2 million kvadrat metr bölgan sanoat, savdo va servis obektlari barpo etildi.
Tadbirkorlar soni 2,5 mingtadan 6 ming 200 taga köpaydi. Tumanda şakllangan budjet tuşumlari 382 milliard sömdan 2 trillion 200 milliard sömga, ya’ni 5,5 barobar oşdi. Aholi uçun 5 ta yirik dam oliş maskani va istirohat boğlari işga tuşirildi.
Toşkent viloyatidan ötgan 13 ta mahallaning hisobiga Sergeli tumani hududi 1 ming 800 gektarga kengayib, jami 5,6 ming gektarga yetdi. Sergelini boşqa tumanlar va şahar markazi bilan boğlaydigan 9 kilometrlik yöl, 8 ta stansiyadan iborat yangi metro liniyasi bunyod etildi.
Maktab örinlari 25 mingdan 38,5 mingga, boğça örinlari 7,5 mingdan 15,5 mingga köpaydi. 50 ta davlat va xususiy klinika taşkil etildi.
Muammolar hali köp

Rivojlaniş barobarida transport, yöl, elektr, suv va kanalizatsiya kabi infratuzilma tarmoqlarini yaxşilaş böyiça yeçimini kutayotgan masalalar ham hali köpligi qayd etildi.
Aholini xatlovdan ötkaziş böyiça dastlabki natijalar Sergeli tumanida real vaziyatni aniq körsatdi. Ilgari tuman aholisi 181 ming nafar deb yuritilgan bölsa, xatlov natijasiga köra, hududda aslida 236 mingga yaqin aholi yaşayotgani ma’lum böldi.
Yaqin yillarda Sergeli aholisi 300 ming nafardan ortişi kutilmoqda. Şu bois, rahbarlarda uy-joy, boğça, maktab, poliklinika va iş örinlarini aholi ösişiga mos ravişda köpaytiriş böyiça hozirdan aniq reja va dastur bölişi zarurligi ta’kidlandi.









