Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “in Village” dasturi asosida muqobil loyihalar qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan
O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari assotsiatsiayasi qoshidagi “Yosh yetakchilarni qo‘llab quvvatlash” loyihasi vakillari va "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi mutaxasisslari o‘rtasida ingliz tilida muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda loyiha mualliflari xabar berdi.

Interaktiv tarzda tashkil etilgan uchrashuvda ishtirokchilar my.gov.uz, gov.uz, egov.uz, data.gov.uz kabi tizimlarning komplekslari va ma'lumot bazasi, ularning aholi orasidagi targ‘iboti, jamiyatnig barcha qatlamini qay darajada qamrab olayotgani, yangilanib borayotgan davlat xizmatlari elektron sohasida portallarning texnik imkoniyatlari va jo‘natilgan ma'lumotlarning ishonchlilik darajasi bo‘yicha qator savollarni o‘rtaga qo‘ydi.


Savollarga javob qaytarish asnosida soha xodimlari elektron hukumat yo‘nalishidagi targ‘ibotni barcha hududlarda yoyish maqsadida jahon andozasidagi loyihalar to‘g‘risida ba'zi bir misollarni keltirib o‘tdi. Xususan, Janubiy Koreyada eng chekka hududlarda e-gov tizimidan foydalana olmaydigan aholi qatlami uchun mo‘ljallangan, tizimdan foydalanishni o‘rgatuvchi “in Village” dasturi asosida yaqin orada yurtimizda ham muqobil loyihalar qo‘llanilishi ko‘zda tutilganiga urg‘u berildi.

Uchrashuv yakunida yoshlar hozirgi kunda elektron hukumat tizimida yetuk kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj va bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha maxsus takliflardan xabardor etildi.
Mavzuga oid
18:23 / 20.12.2023
2026 yilda Xalqaro informatika olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
22:58 / 13.09.2023
Prezident elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi
09:18 / 17.03.2023
«Elektron hukumat» tizimi ma’lumotni qayta ishlash markazi vazifalari belgilandi
21:31 / 22.02.2023