O‘zbekistonda IT yo‘nalishi bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan tanlov o‘tkaziladi
Prezident topshirig‘i bilan «Elektron hukumat», «Biznes uchun dastur», ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan respublika tanlovi boshlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida raqamlashtirish bo‘yicha 2023 yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Davlat rahbari yoshlarni axborot texnologiyalari (IT) sohasida o‘qitish, ularga ishlashi uchun sharoit va mahsuloti uchun bozor yaratish zarurligini ta’kidladi.
Bu borada 1 apreldan «Elektron hukumat», «Biznes uchun dastur», ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan respublika tanlovi boshlanadi. Hokimlarga bunday tanlovlarni viloyat va tumanlarda ko‘proq o‘tkazish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bilan birga, hududlarda yoshlar yaratgan 50 ta eng yaxshi dastur Raqamlashtirish jamg‘armalari hisobidan sotib olinadi.
1 apreldan boshlab IT ta’lim markazlari va ularning bitiruvchilari uchun yangi sharoitlar yaratiladi. Jumladan:
- o‘z bitiruvchilarini IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashtirsa, markazlarga har bir mutaxassis uchun 25 million so‘mgacha, nogironligi bo‘lgan yoshlarga esa 35 million so‘mgacha subsidiya beriladi;
- IT sertifikati bor yoshlarga kompyuter xaridi uchun 7,5 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit hamda Mahallabay ishlash va Yoshlar agentliklari, Bandlik jamg‘armasi tomonidan berilayotgan subsidiya ularning shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
Olis va chekka hududdagi yoshlarni xorijiy tillarga o‘rgatish uchun alohida telekanal tashkil qilingan. Raqamlashtirish vazirligiga ushbu telekanalda ITga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari va kamida 30 foiz qiziqarli kontentlarni joylashtirishni ta’minlash topshirildi.
Oliy ta’lim va Raqamlashtirish vazirliklariga:
- qurilish, geologiya, mashinasozlik, transport kabi yo‘nalishlarda muhandis-texnologlarni tayyorlash uchun zamonaviy dasturiy mahsulotlarni o‘rganib, yangi o‘quv yilidan oliygohlarda joriy qilish;
- IT park va uning filiallarini bunday oliygohlarga bog‘lab, o‘qituvchi va talabalarni yangi dasturlarda ishlashga o‘rgatish topshirildi.
IT xizmatlar eksportini yanada oshirish uchun IT park rezidentlariga xorijiy buyurtmalarni jalb qilishga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratilishi belgilandi.
Misol uchun, 80 foiz buyurtmalar AQSh kompaniyalariga to‘g‘ri kelmoqda. Lekin, Yevropa, Kanada, Yaqin Sharq mamlakatlarida ham juda katta bozor borligi qayd etildi.
Shu bois, parkda xorijiy kompaniyalar uchun «Raqamli moliya texnologiyalari markazi» tashkil etiladi.
Mutasaddilarga bugungi topshiriqlardan kelib chiqib, har bir vazirlik, tarmoq va hudud bo‘yicha oyma-oy vazifalar, aniq rejalar va ta’sirchan nazorat tizimini o‘z ichiga olgan qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pavel Durov Telegram’da virtual g‘ishtlar sotish ortidan 100 mln rubl ishlab oldi
Jahon | 21:55
-
1 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 21:40
-
“Kvars” davlat ixtiyoriga qaytarilganiga izoh berildi
O‘zbekiston | 21:36
-
Fuqarolarning hujjatsiz uy-joylarga nisbatan huquqlarini e’tirof etish boshlandi
O‘zbekiston | 21:10
Mavzuga oid

10:49 / 10.03.2025
Daniya qog‘oz xatlardan butunlay voz kechdi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

11:20 / 08.02.2025
IT xizmatlari eksportini 1 mlrd dollardan oshirish rejalashtirilmoqda

12:35 / 07.02.2025