08:46 / 24.02.2017
4586

Janubiy Koreya KXDRni “terrorchilik davlatlari” ro‘yxatida ko‘rishni istamoqda

Foto: AFP 2017/ Kim Jae-Hwan

Janubiy Koreya parlamentariylari Amerika Kongressidan KXDRni “terrorchilik davlatlari” ro‘yxatiga kiritishni so‘ramoqda. Pxenyan Malayziyada Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning akasi deb aytilayotgan shaxsni o‘ldirishda ayblanmoqda, deb xabar bermoqda Ryonxap agentligi.

Uning ma'lumotiga ko‘ra, Koreya Respublikasi milliy yig‘ilishining mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi raisi Kim Yon U shunday iltimos bo‘lgan maktubni AQSh Senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Jon Makkeyn nomiga yuborgan.

O‘z yonida Kim Chxol ism-sharifi bitilgan pasport bo‘lgan marhumning jasadi hali aniqlanmagan, o‘lim haqidagi yakuniy xulosa taqdim etilmagan, biroq Janubiy Koreya boshidan bu KXDR yetakchisining katta akasi - Kim Chen Nam ekanini iddao qilib keldi.

"Ma'lumki, hodisaga shimoliy koreyalik diplomat ham aralashgan", - deya Kim Yon Uning so‘zlarini keltiradi Ryonxap. 

Uning fikricha, gap KXDR “rahbariyati boshchiligidagi terrorchilik” haqida bormoqda.

"Shimoliy Koreyani terrorchilik davlatlari ro‘yxatiga kiritish lozimligi tasdiqlandi, Amerika hukumati va kongressidan buni amalga oshirishni so‘ramoqdamiz", - dedi u.

Shimoliy Koreya 1987 yilda Janubiy Koreyaga tegishli yo‘lovchi samolyotini yo‘q qilishda ayblanganidan so‘ng, bu mamlakat AQShda terrorchilikni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar “qora” ro‘yxatiga kiritildi. Biroq Ryonxap ma'lumotlariga ko‘ra, 2008 yilda ro‘yxatdan chiqarilgan.

Mavzuga oid
Top