Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yiliga 180 ming tonna chiqindi qayta ishlanadigan loyiha ishga tushadi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davom etmoqda.
Davlat rahbari Jayxun ko‘chasida qurilayotgan 5 qavatli zamonaviy turar joy binolari loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ushbu ko‘chada aholi uchun 25 ta ana shunday ko‘p qavatli uy barpo etiladi. Hududda davr talablari asosida faoliyat yuritadigan restoranlar, supermarketlar, issiq non va oziq-ovqat do‘konlari, kafe va choyxonalar, go‘zallik salonlari, sartaroshxona va avtoturargohlar qurish rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanida maishiy chiqindilarni qayta ishlash loyihasini ko‘zdan kechirdi.
“Universal max service” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 4 million dollardan iborat.
Korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida yiliga 180 ming tonna chiqindini yig‘ish, saralash va qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi. Bugungi kunda dastgohlar sotib olish bo‘yicha shartnomalar tuzish, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Chiqindilarni qayta ishlash atrof-muhitni muhofaza qilish va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishda muhim omildir, dedi Prezident. Bu shahardagi sanitariya holatini yanada yaxshilashda, aholining salomatligini saqlash va bandligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026