Reuters: Oq uy Eronga nisbatan yangi sanksiyalar ishlab chiqishni to‘xtatdi
AQSh ma'muriyati Eronga nisbatan sanksiyalarni kengaytirish va "Islom inqilobi qo‘riqchilari" Korpusini (IIQK, Eron QKlarining elita qismlari) terrorchilik tashkiloti deb topish masalasini muhokama qilishni noma'lum muddatga kechiktirdi. Harbiylar va razvedka xizmatlari Amerika ma'muriyatini bu kabi choralar aks samara berishidan ogohlantirgan, deb xabar qilmoqda Reuters.
"Agar shunday qilinsa, Eron tomoni bilan biror mavzuda muzokara olib borish uchun umuman imkoniyat qolmaydi", - deya Oq uydagi manba so‘zini keltiradi agentlik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehronga nisbatan qat'iy qarashni Trampning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn himoya qilar edi. Endilikda, Oq uy ma'muriyati fikricha, Eron bilan munosabatlarni keskinlashtirish ortiqcha chora hisoblanadi va bu IShIDga qarshi kurashni murakkablashtiradi.
Mavzuga oid
08:50
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
14:35 / 04.11.2024
AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi
11:10 / 04.11.2024
CNN: AQSh saylovlari Putinni Kiyev bilan muloqotga undamaydi
09:30 / 04.11.2024