Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatining madaniy hayoti va sportiga e'tibor qaratdi
O‘zbekiston Prezidenti 25 fevral kuni Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Asinza-BZ” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan, qiymati 8,7 milliard so‘mni tashkil etadigan madaniyat va istirohat bog‘ida shahar aholisi, ayniqsa, bolajonlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va miriqib dam olishi uchun barcha qulayliklar muhayyo qilinadi. Xitoyning “Zhengzhou Beston Amusement Equipment Co. Ltd.” kompaniyasida ishlab chiqariladigan zamonaviy attraksionlar olib kelib o‘rnatish, zamon talablari asosida sport va bolalar maydonchalari qurish rejalashtirilmoqda.
Asosiy maqsadimiz – xalqimizni rozi qilish, odamlarning farovon yashashi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishdir, dedi Shavkat Mirziyoyev. Odamlar ishdan bo‘sh vaqtida bu yerga kelib maroqli dam olsa, farzandlari, nabiralarining sho‘x-shodonligini ko‘rsa, kulgularini eshitsa, hayotdan ko‘ngli to‘ladi, ruhi ko‘tarilib, yangi-yangi marralarga intiladi.
Prezident bog‘da yashil maysazorlarni ko‘paytirish, turfa gul va manzarali daraxtlar ekish, bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlarni yaratish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.
Davlat rahbari Qarshi shahridagi avvalgi “Nasaf” stadioni hududida barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli suzish havzasi va zamonaviy dam olish majmuasi loyihasi bilan tanishdi.
4,7 gektar maydonda qurilayotgan 25x11 metr o‘lchamdagi ikki suzish havzasi hududda suv sporti turlarini yanada ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, kelajakda jahon va Olimpiya chempionlarini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Bu yerda yaratiladigan zamonaviy sharoitlar barchaga manzur bo‘lishi muqarrar. Suvni tozalash, isitish, haroratni mo‘'tadil saqlash uskunalari o‘rnatiladigan basseynlar bu yerga keluvchilarning suzish mahoratini oshirish, sog‘lig‘ini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yoshlarning barkamol o‘sib-ulg‘ayishi uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz kerak, dedi Prezident. Shunda ular O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti ta'kidlaganidek, bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘ladi.
Majmuani jihozlashda ilg‘or va tejamkor texnologiyalardan samarali foydalanish, kiyinish, yuvinish xonalarida barcha qulayliklarni yaratish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026