Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Qarshi shahridagi barcha militsiya tayanch punktlari yangi tizimda ishlaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi “Gulshan” mahallasida fuqarolar yig‘ini xodimlari va profilaktika inspektori birgalikda ishlashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qarshi shahrida mahalla fuqarolar yig‘inlarining aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, ular uchun zamonaviy sharoit yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda “Gulshan” mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi foydalanishga topshirilgani buning dalilidir.
Mahalla idorasining zamonaviy binosida barcha sharoit yaratilgan. Mahalla raisi, kotib, maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun alohida xonalar ajratilib, kompyuter, mebel, tegishli adabiyotlar bilan ta'minlangan. Profilaktika inspektori xonasi mahalla hududidagi jamoat obektlariga o‘rnatilgan videokuzatuv uskunalari orqali hududni nazorat qilib turish imkoniyatini beruvchi monitor bilan jihozlangan.
Mahalla jamiyatimizdagi adolat tamoyillarining ko‘zgusiga aylanishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Bu yer odamlar kelib fikrini, taklifini, dardini aytadigan, muammosiga yechim topadigan joy bo‘lishi kerak. Mahalla raisi va profilaktika inspektori hududdagi har bir oilaning ahvolidan xabardor bo‘lishi, kim nima bilan mashg‘ul – hammasini bilishi lozim. Ushbu tizimda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallani kechayu kunduz odamlarning ahvolidan boxabar bo‘ladigan maskanga aylantirishdir.
Qarshi shahridagi barcha militsiya tayanch punktlarini bir-biri bilan bog‘lovchi optik tolali tizim barpo etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berildi.
"Gulshan" mahalla fuqarolar yig‘ini binosi yonida profilaktika inspektori oilasi bilan yashashi uchun turar-joy barpo etilgan. Davlatimiz rahbari ushbu xonadonda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Bunday uylar profilaktika nozirlarining kechayu kunduz o‘z hududida bo‘lib, mahallada jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlashida muhim ahamiyatga ega, dedi Prezidentimiz. Shuning uchun Qarshi shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha profilaktika inspektorlariga mana shunday uylar qurib berish zarur. Bu hududda jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuga oid
13:17 / 20.10.2024
Qashqadaryodagi YTHda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
17:21 / 08.10.2024