O‘zbekiston | 22:16 / 26.02.2017
62554
2 daqiqa o‘qiladi

Tavsiya: Tovuq va limon xo‘jaligi - daromad manbai

Mehnat.uz saytining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida tovuq va limon xo‘jaligi bo‘yicha tavsiyanomalar berildi.

"Tomorqa - oila daromad manbai. Parranda - yetti xazinaning biri" so‘zlari ilova qilingan videoda aytilishicha, O‘zbekiston sharoitida 1 tovuq boqish uchun 1 yilda 50 kg yem kerak bo‘ladi. Vazirlik uy xo‘jaligida 100ta tovuqdan 1 yilda 10 million so‘m sof daromad qilish mumkinligini bildirgan.

Xuddi shu sahifada limon yetishtirish foydalari haqida ham aytilib, bu borada maslahatlar berilgan.

O‘zbekiston sharoitida Meyer, Toshkent, Yubileyniy, Jenoa va Vulkan navlari yetishtirilishi aytilgan. 

"1 tup limon ko‘chatidan hosildorlik 60-70 kg, 12 tupdan 800 kg.ni tashkil qilinadi (1 kg limon - 5000 so‘m). 1 yilda 1 sotix limonariyadan 5 million so‘mdan ortiq daromad qilish mumkin, 1 sotix limonariya xarajatlari 1 million so‘m, demak sof foyda 4 million so‘mni tashkil qiladi. Tomorqa 7-8 sotix bo‘lgan holatda esa bu limonariyadan 1 yilda 25-30 million so‘m daromad olish mumkin", deyiladi videoxabarda.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid