Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, mazkur davrda Özbekiston limonni eng köp Qozoğistonga yetkazib bergan — 1 827 tonna. Ikkinçi yirik xaridor sifatida Rossiya qayd etilgan — 1 740 tonna. Şu tariqa, eksportning asosiy qismi aynan uşbu ikki bozor hissasiga töğri kelgan.
Şuningdek, Qirğizistonga 236,5 tonna limon eksport qilingan. Belarusga 4,7 tonna, Birlaşgan Arab Amirliklariga 3,8 tonna, boşqa davlatlarga esa 3,9 tonna limon yetkazib berilgan.
Qayd etilişiça, limon eksportidagi ösiş taşqi bozorlarda mahsulotga talab saqlanib qolayotganini körsatadi. Statistik ma’lumotlar asosida, Özbekiston limon eksport geografiyasini bosqiçma-bosqiç kengaytirib borayotgan bölsa-da, asosiy xaridorlar sifatida Qozoğiston va Rossiya yetakçilikni saqlab qolmoqda.












