O‘zbekistonda homiladorlik va tug‘ish ta'tillari kuni uzaytiriladi
2017 yil 22 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha 2017-2019 yillar uchun Bosh kelishuv imzolandi.
Bosh kelishuv:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan – Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Narbayeva;
xodimlar tashkilotlari nomidan – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov;
respublika ish beruvchilar birlashmalari nomidan – O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxovlar tomonidan imzolandi.
Bosh kelishuvda jamoa shartnomalariga ayollar va yoshlar uchun qo‘shimcha kafolatlarni, shu jumladan:
homiladorlik va tug‘ish ta'tillari kunini uzaytirish;
bolali ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish va qisqartirilgan ish vaqtini o‘rnatish;
kasb-hunar ta'limi muassasalarining bitiruvchilariga mehnat munosabatlari sohasida qo‘shimcha imtiyozlar o‘rnatish;
uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish, uy-joy qurilishi, shuningdek safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni o‘tashga haq to‘lash uchun yosh xodimlarga foizsiz ssudalar berish imtiyozlarini kiritish tavsiya etildi.
Bosh kelishuv bilan ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish choralari va bu boradagi ayrim qoidalar belgilab qo‘yildi.
Jumladan, dolzarb ijtimoiy iqtisodiy masalalarni muhokama qilish uchun har yili kasaba uyushmalari faollari va ish beruvchilarning Hukumat, vazirliklar, idoralar vakillari bilan davra suhbatlarini tashkil etib borish, ijtimoiy-mehnat munosabatlarini jamoa shartnomalari asosida tartibga solish amaliyotini kengaytirishga yordam berish, tashkilotlarda xodimlar vakillarining erkin faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashish rejalashtirilmoqda.
Yagona muzokara jarayonini tadbiq qilish maqsadida tegishli kasaba uyushmalari va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o‘rtasidagi tarmoq (tarif) kelishuvlarini - tegishli yilning yanvar oyidan, korxona, tashkilot, muassasalarda jamoa shartnomalarini esa – mart oyidan kechiktirmay tuzish tavsiya etildi.
Bosh kelishuvning barcha bo‘limlarida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, uning konvensiya va tavsiyalarini amaliyotga tadbiq etishga e'tibor qaratilgan.
Jumladan, XMTning bir qator konvensiyalarini milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, shuningdek malaka oshirish bo‘yicha ta'lim muassasalarida xalqaro va milliy mehnat standartlariga oid mashg‘ulotlar o‘tkazish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek vazirliklar, idoralar, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik sub'yektlarining Xalqaro mehnat tashkilotining asossoluvchi konvensiyalariga rioya etishga doir choralari tizimini har yili tahlil qilish belgilab qo‘yildi.
Ayollar va yoshlarga qo‘shimcha imtiyozlar berilishini nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va Xalqaro Mehnat Tashkiloti Konventsiyalariga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi nuqtai-nazaridan qayta ko‘rib chiqish hamda ularga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish yoki yuqoridagilarga zid me'yorlarni bekor qilish yuzasidan takliflar berish tavsiya etildi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Istanbuldagi muzokaralarga agar Putin ham keladigan bo‘lsa boradi - Kellog
Jahon | 20:39
-
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
Jahon | 20:02
-
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi
Jahon | 19:56
-
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
Jahon | 19:47
Mavzuga oid

17:18 / 06.10.2021
Harakatlar strategiyasi uchun 5 yilda 114 trln so‘m va salkam 31 mlrd dollar sarflangani ma'lum qilindi

11:34 / 18.01.2019
O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar liberallashtiriladi

11:30 / 18.01.2019
O‘zbekistonda yangi umummilliy harakat tashkil etildi

11:18 / 18.01.2019