Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi
Xaridor nafaqat o‘ziga xos san’at asarini, balki uning haqiqiyligini isbotlovchi sertifikatni ham qabul qilib olgan.
Italiyalik san’at ustasi Salvatore Garauning lo Sono («Men borman») nomli ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi, deb xabar beradi Independent.
«Nomoddiy san’at asari» deya ta’riflangan ijod namunasi Art-Rite kimoshdi savdosi orqali sotilgan.
Xaridor nafaqat o‘ziga xos san’at asarini, balki uning haqiqiyligini isbotlovchi sertifikatni ham qabul qilib olgan. Shuningdek, unga haykalni ikkiga ikki metrli bo‘sh maydonga joylashtirish bo‘yicha tavsiya berilgan.
Haykal to‘liq ko‘rinmas bo‘lishiga qaramay, Garau uning konsepsiyasini fizik va falsaviy g‘oyalar orqali tushuntirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, vakuum ham mutlaq «hech narsa» emas: Geyzenbergning noaniqlik prinsipiga binoan, bo‘shliq energiyaga to‘la bo‘lib, u zarrachalarga — hattoki insonlarga ham aylanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil noyabrda devorga skotch bilan yopishtirilgan banan Nyu-Yorkdagi Sotheby’s kimoshdi savdosida 6,2 million dollarga sotilgandi.
Mavzuga oid
21:33 / 31.03.2026
Italiya AQShning Yaqin Sharqqa uchayotgan samolyotlari Sitsiliyaga qo‘nishiga ruxsat bermadi
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
10:21 / 26.03.2026
Italiya o‘zbekistonliklarni mavsumiy ishga qabul qiladi
21:59 / 24.03.2026