"Sportda dopingga qarshi kurash" mavzui olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quv dasturlariga kiritiladi
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida "Sportda dopingga qarshi kurash" mavzuida milliy seminar boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, YuNeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda olimpiya zaxiralari kollejlari mutaxassislari, sport federatsiyalari vakillari, o‘qituvchilar va sportchilar ishtirok etmoqda.
2016 yili O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamkorligida tayyorlangan loyiha Dopingga barham berish bo‘yicha YuNeSKO jamg‘armasi tomonidan tasdiqlandi.
Loyiha doirasida sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha xabardorlikni oshirish borasida o‘quv qo‘llanma professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek va rus tillarida tayyorlandi va nashr etildi. "Sportda dopingga qarshi kurash" mavzui O‘zbekistondagi olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quv dasturlariga kiritiladi va o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish rejalashtirilgan.
Mazkur seminar ham sportda dopingga qarshi kurashni yanada kuchaytirish, murabbiylar va sportchilarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Germaniyada 33 yoshli shaxs Suriyadagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Jahon | 11:45
-
Pentagon rahbari Ukraina bo‘yicha aloqa guruhi uchrashuvida qatnashmaydi
Jahon | 11:15
-
Qurbon hayiti munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 11:00
Mavzuga oid

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

14:10 / 14.05.2025