Pentagon rahbari Rossiya Federatsiyasi uç yillik uruş davomida birinçi marta Ukraina böyiça aloqa guruhi yiğilişida qatnaşmaydi. Bu haqda 4 iyun, çorşanba kuni AP agentligi xabar berdi.

1 iyun kuni Singapurdagi «Şangri-La muloqoti» Osiyo xavfsizlik forumidan qaytgan AQŞ mudofaa vaziri Pit Xegset Ukraina böyiça uçraşuv yakunlanganidan söng, faqat 4 iyun kuni keçqurun Bryusselga keladi.

Amerikalik manbaning qöşimça qilişiça, Xegset Vaşington tomonidan taşkil etilgan formatda video-aloqa böyiça ham iştirok etmaydi.

Agentlik ta’kidlaşiça, bu Qöşma Ştatlar tomonidan Ukrainadagi harbiy harakatlardan uzoqlaşiş uçun körilayotgan qadamlarning sönggisidir.

Ayni paytda Fransiya va NATOning boşqa davlatlari Vaşington Hind-Tinç okeani mintaqasiga qöşinlarini qayta joylaştiriş uçun Yevropadan qöşinlarini olib çiqiş masalasini körib çiqayotganidan xavotirda.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytişiça, AQŞning Ukrainani qöllab-quvvatlaşdan boş tortişi oxir-oqibat Tayvan böyiça Xitoy bilan yuzaga kelişi mumkin bölgan mojaroning oldini olişda Qöşma Ştatlarning işonçiga putur yetkazadi.