Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi
Londonda uchinchi O‘zbekiston-Britaniya ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum ishida oliy ta’lim muassasalari rektorlari, ilmiy tadqiqotchilar, ta’lim sohasi bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek, Britaniya akademik hamjamiyati hamda universitetlari rahbariyati ishtirok etdi.
Anjuman davomida ishtirokchilar O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Ta’limni rivojlantirish masalalari, innovatsion amaliyotlar va institutsional hamkorlikning universitetlar va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik, bitiruvchilar bandligini oshirish va ta’lim muhitidagi barqaror o‘zgarishlar, xalqaro hamkorlik doirasida inklyuziv oliy ta’limni kengaytirish masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi.
Forum yakunida 50 dan ortiq yetakchi ingliz professor-o‘qituvchi va mutaxassislar respublika universitetlariga jalb qilish, Britaniya universitetlari bilan xalqaro konferensiyalar o‘tkazish va yangi o‘quv-metodik adabiyotlar ishlab chiqish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va boshqalar to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:12 / 09.06.2026