Jahon | 23:21 / 27.02.2017
7176
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Fathulla Gulen Kanadada yashirinishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda

Foto: AP

Turkiya hukumati muxolifatchi Fathulla Gulen AQShdan Kanadaga qochib ketishidan xavotirlanmoqda, deb ma'lum qildi Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush.

"Bizda AQShda bo‘lgan FETO rahbari (Fathulla Gulen) Kanadaga qochib ketishi mumkinligi haqida jiddiy razvedka ma'lumotlari mavjud. U tomondan Kanadada yerlar sotib olingan va bu yerlar yordamida u yerda yashashi mumkin. Biz bu ma'lumotni AQShga topshirdik va ular tegishli barcha choralarni ko‘rishlariga umid qilamiz", deb aytdi  Kurtulmush jurnalistlarga.

Turkiya hukumati 2016 yil 15 iyulga o‘tar kechasi sodir etilgan davlat to‘ntaruviga urinishning tashkillashtirilishida Gulenni ayblab keladi. Gulenning o‘zi bu ayblovlarni inkor qilib keladi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid