Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirobod tumanidagi yong‘in oqibatida uy egalari halok bo‘ldi
Toshkent shahar Mirobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar YoXBB ma'lumot bergan.
Qayd etilishicha, yong‘in 28 fevralga o‘tar kechasi Yorqin ko‘chasidagi uylardan birida sodir bo‘lgan. Maydoni 50 kvadrat metr bo‘lgan uyning tomi, xonalari va jihozlari yongan.
Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egalari — 1963 yilda tug‘ilgan erkak va 1969 yilda tug‘ilgan ayolning jasadi topilgan. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, ularning o‘limi is gazidan zaharlanish oqibatida yuz bergan.
Hodisaga olovdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganlik sabab bo‘lgan. Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026