AFP agentligining xabar berişiça, Fransiyaning janubidagi kuçli örmon yonğinlari bir neça hafta davom etgan öta issiq va qurğoqçil ob-havo oqibatida yuzaga kelgan. Mamlakat boş vaziri Sebasten Lekornyuning ta’kidlaşiça, yonğinlar odatda kutilgan muddatdan ikki-uç hafta oldin boşlangan.

Evakuatsiyaga sabab bölgan eng yirik yonğin Provans — Alp — Kot-dʼAzur mintaqasidagi Sent-Mari-la-Mer kommunasi yaqinida yuzaga kelgan. U yerdan xavfsizlik nuqtai nazaridan qariyb uç ming kişi köçirilgan. Evakuatsiya qilinganlarning yarmi kempinglarda dam olayotgan sayyohlar bölib, yonğin oqibatida önlab avtokemperlar va bungalolar yonib ketgan.

Yana bir yirik yonğin Oksitaniya mintaqasida joylaşgan Puzol-Minervua kommunasi atrofida qayd etilgan. Bu yerda qariyb 9 kvadrat kilometr ösimlik qoplami yongan. Yonğinni öçiriş işlariga 800 nafar yonğin öçiruvçi, 150 ta maxsus texnika hamda bir neçta yonğin öçiruvçi samolyot jalb qilingan.

Qutqaruv işlarini soatiga 70 kilometrgaça yetadigan kuçli şamol yanada murakkablaştirmoqda. Şuningdek, Marsel şahri şimolidagi Ronyak va Lanson-Provans kommunalari atrofida ham yonğinlar yuzaga kelgan.

Yonğinlar transport harakatiga ham ta’sir körsatdi. Xususan, Marsel, Bordo va Avinon şaharlari örtasidagi ayrim temiryöl qatnovlari vaqtinça bekor qilindi.

Marselda ötkazilgan matbuot anjumanida Fransiya boş vaziri Sebasten Lekornyuning ma’lum qilişiça, faqat 1 iyul kunining özida mamlakat böylab 12 kvadrat kilometr hudud yonğindan zarar körgan. Yonğinlar mavsumi boşlanganidan beri esa Fransiyada 7 mingga yaqin yonğin qayd etilgan va ular natijasida 87 kvadrat kilometr yer maydoni kuyib ketgan.

Uning sözlariga köra, 1–2 iyul kunlari mamlakatning turli hududlaridagi yonğinlarni bartaraf etiş işlariga ikki mingga yaqin yonğin öçiruvçi safarbar etilgan.

Mutaxassislar yirik yonğinlarni iyun oyida kuzatilgan rekord darajadagi issiqlik tölqini bilan boğlamoqda. Mamlakatda 11 kun davom etgan anomal issiq ob-havo paytida ayrim hududlarda havo harorati 40 darajadan oşgan.

Fransiya milliy meteorologiya xizmati — Météo-France kelasi hafta ham havo harorati yana kötarilişini prognoz qilmoqda. Garçi u iyun oyidagi rekord körsatkiçlarga yetmasligi aytilgan bölsa-da, mamlakat içki işlar vaziri Loran Nunes aholini ehtiyotkor bölişga çaqirib, «oldinda qiyin kunlar kutmoqda», deya ogohlantirgan.