Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada terrorchilikni targ‘ib qilgani uchun nemis jurnalisti qo‘lga olindi
Germaniyaning Die Welt gazetasi muxbiri Deniz Yusel turk hukumati tomonidan terrorchilikni targ‘ib qilish hamda nafratni qo‘zg‘atishda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda Istanbuldagi OAV xabar berdi.
Qo‘lga olish haqidagi qaror Istanbul sudi tomonidan chiqarilgan, jurnalistning o‘zi esa 18 fevraldan qamoqda saqlanayotgandi.
Muxbir Turkiya prezidentining qarindoshi, energetika vaziri Berat Olbayroqqa tegishli elektron manzildan materiallarni e'lon qilishda ayblanmoqda. U 2016 yilning dekabrida WikiLeaks tomonidan buzib kirilgan. Xatlarda turk OAV ustidan nazorat hamda ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik fikrini boshqarish mumkin bo‘lgan maxsus sahifalarni yaratish masalalari muhokama qilingan.
Turkiya hukumati harakati Berlinda keskin norozilikka sabab bo‘ldi, Germaniya kansleri Angela Merkel esa sud qarorini “qayg‘uli va achinarli” deb atadi. “Hukumat (Germaniya – tah.) Turkiya adliya tizimi Yusel ishi orqali barcha demokratik jamiyatlarda matbuot erkinligi naqadar muhim ekanligini hisobga olishidan umidvor", - deyiladi kansler bayonotida.
Ma'lumot uchun, Yusel ikkita – Germaniya va Turkiya fuqaroligiga ega.