Jahon | 20:14 / 01.03.2017
8157
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Halabda gumanitar karvonga uyushtirilgan hujumda Suriya hukumatini aybladi

BMTning Suriyadagi mustaqil komissiyasi hisobotiga ko‘ra, 2016 yilning sentabrida Halab yaqinida tashkilotning gumanitar yordamlar ortilgan karvoni Suriya HHK tomonidan bombardimon qilingan.

Bundan tashqari, hisobotda ziddiyatdagi ikki tomon ham Halabda nazoratni qo‘lga olish uchun harbiy jinoyatlar sodir etgani keltirilgan.

Shuningdek, bu hujum «Suriya bo‘ylab gumanitar karvonlar faoliyatini butkul to‘xtatib qo‘ygani» qayd etilgan.

O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida BMT komissiyasi 2016 yilning 19 sentabr kuni gumanitar karvonga qilingan hujum bo‘yicha aybdorni aniqlay olmayotgani ma'lum qilinganli.

BMT o‘tgan yil sentabrida Suriyaning ikki hududiga, Halab va Homsga, 160 ming kishi uchun mo‘ljallangan yuklar ortilgan 51ta yuk mashinasi yo‘llagandi. Ammo gumanitar karvon Halabdan shimoli-g‘arbda joylashgan Urum al-Kubra tumani hududida hujumga uchradi. Ushbu hujum natijasida, BMT gumanitar missiyasining 14 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu hujumdan omon qolganlar hujum 3 bosqichda amalga oshirilgani haqida aytib berishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga vertolyotlar omborlarga bomba tashlagan. Keyin harbiy samolyotlar bombalash ishlari o‘tkazilgan. Oxirida esa aviatsiya pulemyotlardan yerdagilarni o‘qqa tutgan. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid