Odamovilik, bilakdagi jarohat va kit surati: farzandingiz jiddiy muammo içida
|16:06 / 01.03.201757 68510 min
Ayni kunlarda barçaning diqqat markazida “Kök kit” öyini va şu öyinga turdoş boşqa öyinlar mavzusi bölib qoldi. Jurnalistlar, blogerlar va turli soha odamlari tomonidan bu haqda juda köplab materiallar, videoroliklar va maqolalar taqdim etib kelinmoqda. Bu öyinning tarixi qanday, unga ilaşib qolganlarni qanday ajratsa böladi va eng asosiysi undan emlaniş uçun nima qilsa böladi? Bugun imkon qadar ana şular haqida söz yuritişni lozim topdik.
Fitnaning boşlanişi
Keling, biroz olisdan boşlaymiz. 2015 yilning noyabr oylarida internet tarmoğida ança şov-şuvga sabab bölgan surat paydo böldi. Unda Rossiyaning Ussuriysk şahrida yaşovçi 1998 yilda tuğilgan Rina Palenkova ismli qizning poyezd yonida turgan surati aks etgan.
Oradan köp ötmay, qiz öşa yerda özini vagonlar ostiga taşlaydi. Ayrimlar bu holatni öz joniga qasd qiliş uçun tarğibot vositasi sifatida talqin etgan bölsa, boşqa birovlar buni haqiqat, deb qabul qildi. Demak qaysidir ma'noda ösmirlarni öz joniga qasd etişga da'vat qiluvçi va buni internet orqali tarğib etuvçi harakat 2015 yildan boşlangan edi.
2016 yilning dekabr oyida Rossiyaning markaziy şaharlaridan birida 12 yaşar Elina ismli qiz özini köp qavatli uyning tomidan taşladi. Qizning onasi bu haqda öz fikrlarini bayon etdi. Ayolning fikriça, bu işda qiziga kimdir yordam bergan, uning aytişiça internet orqali ösmirlar ongini zaharlayotgan yovuz kuçlarning bunga aloqasi bor.
Domiga ilintiruvçi törlar
Rina Palenkovaning halokatidan söng, turli ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, “VKontakte”da Rinaning nomidan göyoki “siz navbatdagisi”, degan ma'noda ”F57” degan guruh oçildi va oilaviy hayot joniga tekkan, hissiyotga berilgan, öta ta'sirçan bölib qolgan, ötkinçi muhabbatdan boşi aylanib yurgan, xullas, ösmir yoşidagi yigit-qizlarni öz içiga qamrab ola boşladi.
Şundan söng, birin ketin “Siniy kit”, “Tixiy dom”, “Morekitov”, “Razbudi menya v 4:20” singari guruhlar oçilib, ösmirlarni öz içiga torta boşladi. Bu ösmirlar orasida şu darajada ommalaşdiki, ular ijtimoiy tarmoqlardagi öz sahifalarida bu guruhlarga a'zo böliş istagini bildirib, turli yozuvlar qoldira boşlaşdi.
Mavzuga oid
Öyin boşlandi
Eşitganda oddiy körinadigan va hatto nomlari ham kişini vahimaga solmaydigan bu guruhlar aslida haqiqiy razolat edi. Guruhga a'zo bölib kirganlar guruh boşliqlarining (kurator) vazifasini tonggi 4:20da qabul qilib olişar, vazifa bajarilganini esa suratga yoki videotasvirga olib kuratorlarga yuborişar edi. Vazifalar boşida juda oddiy edi: turli tasvirlar çiziş, tananing biror a'zosiga guruhning nomini ruçka yordamida yoziş, özini öldiriş mumkin bölgan buyumlar: piçoq, arqon va şunga öxşaş vositalarni uşlab suratga tuşiş va hokazolar. Ammo... Bosqçima-bosqiç ötib borilavergan sari şartlar şunçalik vaxşiylaşib boradi. Ya'ni, barmoqlarga igna sançiş, lizva vositasida terini tiliş, 2-3 metr balandlikdan sakraş, maşinalar tez-tez qatnayotgan yöllardan yugurib ötiş, vena tomirlarini kesiş, kit rasmini badanga qonatib çiziş va hokazolar. Bora-bora zombiga aylanib qolgan ösmir öz joniga qasd etadi va öyinni “qahramon”larça yakunlaydi.
Xöş, oğir şartlarga çidaş bera olmay, öyinni tark etişni maqsad qilgan iştirokçini nima kutadi? Avvalo, qatnaşçi kurator tomonidan doimiy nazorat qilinadi. Agar tonggi 4:20da uxlab qolib, vazifalar olinmasa, qatnaşçi guruh boşliğidan juda qattiq gap eşitadi. Qolaversa, kuratorlar ösmirlarni doimiy ravişda bosim ostida uşlaşadi, ya'ni tahdid bilan. “Ota-onangni qaytib körişni istamaysanmi?”, “Ukang (singling) uyga qaytib kelmasligi mumkin, uning ölimida sen aybdor bölasan” va şunga öxşaş ruhiy ta'sir etuvçi gaplar bilan iştirokçilar ongi muttasil zaharlanib kelinadi. Qörquv va tahlikalardan dovdirab, nima qilişini bilmay qolgan iştirokçi oxir-oqibat öz joniga qasd etadi.
Bundan taşqari, uşbu razolat taşkilotçilari ösmirlarni doimiy ravişda ruhiy nazorat qilib turişlari uçun öz guruhlarining ğoyasiga xizmat qiluvçi turli musiqa va videoöyinlarni iştirokçilarga yuborib turişadi yoki tavsiya etişadi. Bu musiqalar va videoöyinlar şu darajada tuşkin, vahimali va noodatiyki, ösmirlar ular ta'siriga zumda berilişadi.
Ayni kunlarda, bu öyin butun MDH davlatlariga xavf solmoqda. “VKontakte” ijtimoiy tarmoğida bu va şunga öxşaş guruhlar bloklab taşlandi. Ammo “Yugur yoki halok böl” yoki şunga öxşaş nomli öyinlar yana paydo bölmoqda.
Özimizda nima gaplar?
Özbekiston aholisining köp qismini yoşlar taşkil etadi. Yaratganga şukr-ki, yoşlarimiz qadriyatlarimizga, milliy ana'nalarimizga uyğun ravişda zamonaviy dunyoda tarbiyalanişmoqda, voyaga yetişmoqda. Ular mafkurasi mustahkam, öziga işongan va kelajagiga befarq bölmagan yoşlardir. Ammo guruç körmaksiz bölmaydi, albatta. Faktlarga e'tibor qaratadigan bölsak, “VKontakte” ijtimoiy tarmoği Özbekistonda ommaviylaşmagan, balki boşqa bir messenjer, ya'ni “Telegram” urfda. Ana şu messenjerda öziga “Ya kit”, “Siniy kit”, “4:20” va şunga öxşaş nomlar va qonagan qöllar, vaxşiy, tuşkun va kitning suratlarini qöyib olgan foydalanuvçilarni uçratiş mumkin.
Maqola tayyorlaş jarayonida öziga “Ya kit” deb nom qöyib olgan “Telegram” foydalanuvçisi bilan suhbatlaşib qoldim. Özining aytişiça, ismi Şoxnur, yoşi 17da, xorazmlik. Bu öyinni ançadan beri öynaydi. Qop-qoronği xonada tundan ertalabgaça ötiriş şartidan öta olmayotgan ekan. “Bu öyinning oxiri fojia bilan tugaşi mumkin-ku, nima qilasiz öynab?”, deb sörasam “Men ölmayman, şu öyinning oxiridan baribir ötaman”, deydi.
Yana bir ösmir bilan gaplaşib qolganimda u şunday dedi: “Ilgari bu öyinni öynagandim, 40ta şartidan ötdim, qolganiga kuçim yetmadi. Serqatnov yölda turib olişingiz kerak. Omadingiz çopib, maşina tormoz berib qolsa, keyingi bosqiçga ötasiz, bölmasa ölib ketasiz. Toşkentda eng rekord 530ta şartni bajargan bir bola boryapti. Bitta tanişim 500tada ölib ketdi”.
Ammo Toşkent şahri IIB tomonidan berilgan rasmiy ma'lumotlarga köra, bunday ölim holatlari kuzatilmagan. Men bilan gaplaşgan ösmirlar yuqorida bayon qilganim - gaplarni yolğon töqib aytişayotgandir, balki oliftagarçilik qilib özlarini qahramon körsatişga urinişayotgandir, ammo ölim, razolat haqida jöşqirib gapirişlari, öyin bosqiçlaridan ötişni katta natija, deb qaraşlari kişini taşvişga soladi.
“Kitçilar”ni qanday ajratsa böladi?
Statistik ma'lumotlarga köra, bu kabi öyinlarga, asosan, ösmirlar, ya'ni yoşi 9 yoşdan 20 yoşgaça bölgan yigit-qizlar jalb etiladi. Şu örinda ota-onalar diqqatiga! Bu kabi qabihliklarga aloqasi bor ösmirda quyidagi alomatlar paydo böladi:
- Qöllari, badanlarida qontalaş holatlar (asosan, kesilgan, ötkir tiğ bilan qilingan jarohatlar böladi);
- Daftarlari, kitoblari, xonalarida, qöllarida yoki badanlarining biror joyida kitning yoki qandaydir sözlarning surati tuşirilgan böladi;
- Uyqusizlik doim bezovta qiladi (çunki har kuni tonggi 4:20da uyğonib, şartlarni qabul qilişga töğri keladi);
- Tuşkun, iştahasi yöqolgan, gap kötara olmaydigan, odamovi bölib qolişadi;
- Tongda doim bir xil vaqtda – 4:20da uyğonişadi;
- Noodatiy, vahimali musiqalar, filmlar körişga odatlanişadi.
Nima qiliş kerak?
Farzand tarbiyasi öta mas'uliyatli, kerak bölsa orzulardan, havaslardan keçib bölsada bajariladigan yumuşdir. Bunga befarqlik ayançli oqibatlarga olib kelişiga barça guvoh bölgan. Farzand tarbiyasida (mening fikrim) Yevropa yoki turli davlatlar usullarini emas, asosan, özimizni milliy, ota-bobolarimizdan qolgan özbekona uslublardan foydalaniş kerak. Buning uçun, avvalo, ota-onaning özi ham tarbiyali, ilmi bölişi darkor.
Faqatgina ilm har qanday muşkulotga, muammoga yeçim böla oladi. Ota-ona, şu bilan birga, farzand ham özida ilm egallaşga rağbat paydo qilişi kerak. Bugungi zamonda e'tiborsizlik halokat deganidir. Ota-ona yon-atrofida bölayotgan hodisalarga befarq bölmasligi, şunga köra harakatlanişi, ma'naviyatni barça narsadan ustun qöya bilmoği kerak.
Rossiyada 2016 yil noyabr oyida ösmirlar orasida öz joniga qasd qiliş holati bir munça köpaygan paytda, kvestlarni yaratuvçisi Filipp Lis şaxsi aniqlanib, asli ismi Filipp Budeykin bölgan öspirin Rossiya FXX tomonidan qölga olingan edi. Undan nega bu işlarni qilişini söraşganida, şunday javob qaytaradi: “Şunçaki maşhurlik uçun”.