Hindistonda "Vkontakte" ijtimoiy tarmoği tösib qöyildi. Bunga mamlakatda öz joniga qasd qilişga olib boruvçi "Kök kit" singari "öyinlar" avjolgani sabab böldi, deb yozmoqda The Times of India.
Foydalanuvçilar ijtimoiy tarmoqqa kirişga uriniş çoğida manzilning tösilgani haqida xabar çiqmoqda. Şu bilan birga, "Vkontakte"ga Idea va Vodafone kabi mobil tarmoqlar orqali kiriş mumkin bölmoqda.
Gazetaning Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligidagi manbalari ijtimoiy tarmoqqa kirişning çeklanganini tasdiqlar ekan, uning vaqtinçalik çora ekanini aytişgan.
"Vkontakte" vaqtinça tösib qöyildi. Biz bilamizki, uşbu tarmoqdan "Kök kit" foydalangan. Bu öyin qançalik tarqalganini aniqlamoqçimiz. Tergovçilar "Kök kit" bilan aloqasi bor bölişi ehtimol öz joniga qasd qiliş holatlarini va jinoyatçilar qanday faoliyat yuritişganini aniqlaydi", - degan vazirlik mulozimi.












