Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: AQSh boshqa mamlakatlarning suveren huquqlarini poymol qilmaydi
AQShning yangi ma'muriyati boshqa davlatlarning o‘z yo‘llari bilan rivojlanish huquqini poymol qilmoqchi emas. Amerika prezidenti Donald Tramp Kongress binosidagi chiqishida shu haqda so‘z yuritdi.
Tramp Kongressning ikki palatasi – Senat va Vakillar palatasi oldidagi ma'ruzasida Oq uy ma'muriyatining ichki va tashqi siyosatdagi asosiy yo‘nalishlarini ma'lum qildi. "Biz tarixiy institutlarni hurmat qilamiz, biroq shu bilan birga, mamlakatlarning suveren huquqlarini ham tan olamiz", - degan Amerika rahbari.
"Erkin mamlakat – bu xalq irodasini bildirishning eng yaxshi usulidir. Amerika ham barcha mamlakatlarning o‘z yo‘lidan borish huquqini hurmat qiladi", - deya qayd etgan prezident Tramp.
Trampga ko‘ra, uning vazifasi butun dunyo nomidan gapirish emas. "Mening vazifam Amerika Qo‘shma Shtatlari sha'nini himoya qilishdir", - ta'kidladi Oq uy xo‘jayini.
Uning aytishicha, Amerikaning yangi ma'muriyati tashqi siyosat borasida boshqa davlatlar bilan bevosita va keng qamrovli hamkorlikni ko‘zda tutadi. Amerika yetakchisining fikricha, u demokrat Barak Obamadan "tashqi siyosatdagi qator halokatli xatolarni meros qilib olgan".
"Bizning tashqi siyosatimiz dunyo bilan kuchli, bevosita va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ladi", - deb aytdi Tramp.
Mavzuga oid
23:18 / 21.01.2026
Germaniya nega Vashingtonga qarshi chiqmadi?
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
22:11 / 21.01.2026
Bu bizning hudud – Tramp Grenlandiya haqida
21:15 / 21.01.2026