Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati hokimi mahallalarda ochiq muloqot o‘tkazdi
2 mart kuni Andijon viloyati hokimi, Oliy Majlis Senatining a'zosi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahridagi Oxunboboyev va Andijon tumanidagi "Chem" mahallalari aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvlarda viloyat hokimi aholi vakillari tomonidan berilgan ko‘plab savollarga javob berdi. Muloqot davomida mavjud ichki yo‘llarni asfaltlash, transport xizmatini yaxshilash, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etish, aholi tomorqasidan samarali foydalanish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi qator masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xakan qishlog‘i "Chem" mahallasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hududdagi 788 ta xonadon vakillari ishtirok etib, mavjud tomorqadan unumli foydalanish, imtiyozli kredit asosida limon yetishtirish va parrandachilikni yo‘lga quyish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Yig‘ilishda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirish bo‘yicha savollarga soha mutasaddilari atroflicha tushuncha berib o‘tishdi.
Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
21:51 / 08.05.2026
Andijonda mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgan haydovchi aniqlandi
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026