Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: AQSh Raqqani terrorchilardan ozod qilish bo‘yicha rejaga ega emas
Foto: AFP
AQShda hozircha Raqqa shahrini IShID terrorchilik guruhidan ozod etish bo‘yicha aniq reja yo‘q. Bu haqda Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an payshanba kuni ma'lum qildi.
"Men AQSh yangi rahbariyatida Raqqa bo‘yicha aniq reja bor, deb ayta olmayman. Turkiyaga Amerika bosh shtabi, shuningdek MRB direktorining tashrifi davomida bu jarayon bo‘yicha qadamlar qo‘yildi – ularni dastlabki, deb aytishimiz mumkin", - deya Turkiya prezidenti so‘zlarini keltiradi Haber7 telekanali.
Erdo‘g‘an bunday bayonotni Pokistonga uyushtirgan tashrifidan so‘ng samolyotda qayta turib qilgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, asosan kurd jangarilaridan iborat “Suriya demokratik kuchlari” Raqqani ozod etish bo‘yicha amaliyotda ishtirok etishi kerak emas. “Biz buni qabul qila olmaymiz”, - dedi Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
17:12
Yevrokomissiya rahbari: Grenlandiya bo‘yicha AQShga javob “qat’iy” bo‘ladi
11:54
Lavrov Rossiyaning Qrimni qo‘shib olishini AQShning Grenlandiya bo‘yicha rejalari bilan taqqosladi
11:15
Oq uy: Tramp samolyoti elektronikadagi nosozlik sabab ortga qaytdi
10:30