Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida ilk marta shamol generatori uchun litsenziya berildi
Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi 2,75 MVt quvvatidagi shamol generatorini ishga tushirish uchun litsenziya oldi. Bu haqda Saudiya Arabistoni elektroenergetika va kogeneratsiya boshqarmasi xabar qilgan.
Bu qirollikda shunday loyihaga ilk marta litsenziya berilishi bo‘ldi.
Saudi Aramco mamlakat shimolida General Electric bilan hamkorlikda ushbu loyihani ishga tushirmoqchi. Qayd etilishicha, bu generator yil davomida 250ta uyni elektr energiyasi bilan ta'minlay oladi (bu shu davrda sarflanadigan 19 ming barrel neftga muqobil).
2030 yilga qadar qirollik yangilangan energiya manbalaridan foydalangan holda yiliga 9,5 ming MVt elektr energiyasi ishlab chiqishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Mavzuga oid
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
14:55 / 03.03.2026
Saudiyadagi yirik neft zavodi dron zarbasidan so‘ng ishini to‘xtatdi
22:01 / 05.05.2025
Saudiya Arabistoni iyun oyida Osiyo davlatlari uchun neft narxini oshiradi
20:50 / 24.10.2023