Saudiya Arabistonining neft kompaniyasi, dunyodagi eng yirik neft eksportçisi bölgan Saudi Aramco, Ukraina işlab çiqaruvçilari bilan tösib qoluvçi dronlar xaridi böyiça muzokara olib borayotgani haqidagi Amerikaning The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi xabarini rad etdi.
“Bu da’volar haqiqatga mos kelmaydi”, — deyiladi Saudi Aramco’ning 12 mart, payşanba kuni Reuters agentligi orqali e’lon qilingan bayonotida.
The Wall Street Journal öz manbalariga tayanib, Saudi Aramco öz konlarini Eron dronlaridan himoya qiliş maqsadida tösib qoluvçi dronlar işlab çiqaradigan Ukrainaning SkyFall va Wild Hornets kompaniyalari mahsulotlarini sotib oliş imkoniyatini muhokama qilayotganini xabar qilgan edi. Bu apparatlar duşman dronlarini ularga borib uriliş yoki yaqinida portlaş orqali yöq qila oladi.
Öz navbatida, Sting tösib qoluvçi dronlarini işlab çiqaradigan Wild Hornets kompaniyasi öz mahsulotlarini na Fors körfazi davlatlari hukumatlariga, na mahalliy kompaniyalarga sotiş böyiça muzokara olib bormayotganini ma’lum qildi. Şu bilan birga, kompaniya Yaqin Şarq mamlakatlari va Yevropa Ittifoqidan öz dronlarini ehtimoliy eksport qiliş haqida muntazam sörovlar kelib tuşayotganini tasdiqladi.
“Hozirda bizning sa’y-harakatlarimiz Ukraina qurolli kuçlari, Milliy gvardiya, Ukraina Xavfsizlik xizmati va Boş razvedka boşqarmasi bilan hamkorlikka qaratilgan”, — deb ta’kidladi işlab çiqaruvçi.
Ukraina işlanmalariga bölgan qiziqiş Fors körfazi energetika infratuzilmasiga qarşi Eron tomonidan uyuştirilgan bir qator hujumlardan keyin keskin kuçaydi. 7 mart kuni Erondan uçirilgan dron Saudiyaning Al-Jubayl yaqinidagi Berri koniga zarba berdi. Undan oldin Ras Tanura neftni qayta işlaş zavodi va Saudi Aramco’ning boşqa obektlari, şuningdek Qatar, Kuvayt, Bahrayn va BAA energetika infratuzilmasi ham hujumlarga uçragan edi.
Kiyev Yaqin Şarq mamlakatlari bilan harbiy-texnik hamkorlikni allaqaçon faollaştirgan. 8 mart kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Vaşington söroviga binoan Amerika bazalarini himoya qiliş uçun tösib qoluvçi dronlar bilan ta’minlangan ukrainalik mutaxassislar Iordaniyaga yuborilganini ma’lum qildi.
Zelenskiyning aytişiça, hamkorlik masalasida Ukrainaga rasman murojaat qilgan davlatlar soni allaqaçon 11 taga yetgan. Ular orasida Eron bilan çegaradoş mamlakatlar, bir qator Yevropa davlatlari va AQŞ ham bor.








