Venesuelaning bor-yo‘g‘i 10,5 milliard dollari qoldi
Venesuelaning bor-yo‘g‘i 10,5 milliard dollar miqdoridagi oltin valyuta zaxirasi qolgan. Bu haqida mamlakat Milliy banki ma'lumotlariga tayanib, CNN Money xabar berdi. Yil yakuniga qadar davlat turli qarzlari bo‘yicha 7,5 milliard dollar to‘lashi kerak.
So‘nggi bir necha yil davomida Venesuela zaxirasi barqaror qisqarib kelmoqda. 2011 yilda u 30 milliard dollarni tashkil qilgan. 2015 yilga kelib u 20 milliardga kamaygan. Venesuelaning pullari qachon tugashini oldindan aytish qiyin, deyiladi nashrda. Shunday bo‘lgan taqdirda, defolt e'lon qilinishi taxmin qilinmoqda.
Qolgan 10 milliard puldan 7,7 milliardi oltinga joylangan.
Davlat neft narxining tushishi tufayli o‘tkir moliyaviy muammolarni boshdan kechirmoqda. Hatto xom-ashyo bir barrel uchun 100 dollar bo‘lgan vaqtda ham Venesuela byudjyet tomonidan rejalashtirilgan xarajatlarni qiyinchilik bilan ta'minlagan.
Narxlar tushganidan keyin vaziyat yomonlashgan. Xususan import ikki karra qisqardi, bu esa aksariyat tovarlar yetishmovchiligi muammosini keltirib chiqardi. Joriy yilda inflyatsiya 1660 foizga yetishi kutilmoqda, 2018 yilda esa u 2880 foizga ko‘payadi.
Neft yetkazib berish Venesuela eksportining 90 foizini tashkil qiladi. Mamlakat dunyodagi eng yirik uglevodorodlar zaxirasiga ega.
Mavzuga oid
08:02 / 20.11.2024
AQSh Gonsalesni Venesuelaning saylangan prezidenti sifatida tan oldi
20:37 / 24.10.2024
Saxarov mukofoti Venesuela demokratik harakati yetakchilariga berildi
21:35 / 15.10.2024
Maduro Ilon Maskni Venesuelada davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
19:56 / 13.10.2024