Bugungi kunda eng katta valuta zaxiralariga ega davlatlar röyxatiga nazar taşlansa, uning şakllanişiga qariyb 30 yil avval yuz bergan Osiyo moliyaviy inqirozi katta ta’sir körsatganini köriş mumkin.
1997 yildagi Osiyo moliyaviy inqirozi xorij kapitaliga haddan taşqari qaramlik bozor beqarorligi davrida qançalik xavfli ekanini yaqqol namoyon etdi. Şu voqeadan söng köplab davlatlar taşqi iqtisodiy xatarlarga qarşi himoya sifatida xalqaro valuta zaxiralarini faol töplay boşladi.
Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ)ning International Reserves and Foreign Currency Liquidity (IRFCL) bazasiga kiritilgan, 2025 yil örtalaridan 2026 yilning ikkinçi çoragigaça bölgan ma’lumotlar davlatlarning oltin hisobga olinmagan valuta zaxiralari böyiça reytingini aks ettiradi.

Tahlillarga köra, reytingning eng muhim xususiyati — Osiyo mamlakatlarining ustunligidir. Eng yirik önta valuta zaxirasiga ega davlatning yettitasi Osiyo hissasiga töğri keladi. Bu davlatlar jahon valuta zaxiralarining taxminan uçdan ikki qismini nazorat qiladi.
Mutaxassislar bu holatni önlab yillar davomida eksportga yönaltirilgan iqtisodiy rivojlaniş, taşqi savdodagi barqaror ijobiy saldo hamda davlatlar tomonidan iqtisodiyotni taşqi xatarlardan himoya qiliş maqsadida yirik moliyaviy zaxiralarni şakllantiriş siyosati bilan izohlaydi.
Valuta zaxiralari nima uçun kerak?
Valuta zaxiralari mamlakat uçun öziga xos «moliyaviy xavfsizlik yostiği» vazifasini bajaradi. Zarur holatlarda markaziy banklar uşbu mablağlardan milliy valutani keskin qadrsizlanişdan himoya qiliş, muhim import mahsulotlari uçun tölovlarni amalga oşiriş, taşqi davlat qarzlarini qoplaş hamda sarmoyadorlar işonçini saqlab qoliş uçun foydalanadi.
Zaxiralar qança katta bölsa, mamlakat taşqi iqtisodiy inqirozlarga xalqaro moliyaviy yordamsiz mustaqil qarşi tura oliş imkoniyati şunça yuqori böladi.
Yirik valuta zaxiralari davlatlarga taşqi iqtisodiy zarbalarni yengilroq yengib ötiş va moliya bozorlaridagi beqarorlik şaroitida investorlar işonçini saqlab qoliş imkonini beradi.

















