12:49 / 03.03.2017
6043

AQSh: Xitoy Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazishi kerak

Xitoy KXRDga yadro rejalardan voz kechishi uchun bosim o‘tkazishi kerak. Bu haqda AQSh davlat kotibining o‘z lavozimini tark etayotgan Shimoliy Osiyo va Tinch okeani ishlari bo‘yicha maslahatchisi Deniyel Rassel Associated Press agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Barak Obama tomonidan tayinlangan diplomat kelasi haftada iste'foga chiqadi hamda Xitoy tijorat vazirligi fevral oyida BMT Xavfsizlik Kengashining 2321-rezolyutsiyasi asosida KXDRdan ko‘mir importini to‘xtatib qo‘yish haqida topshiriq berganini eslatib o‘tdi. Rassel bu qadamni ijobiy qarshi oldi va “BMT XKning doimiy a'zosi shunday muhim rezolyutsiyalar ruhiga amal qilishi” kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

"Umid qilamanki, biz Xitoy ko‘proq harakatlarni amalga oshirishini ko‘ramiz, ular bir tomonlama yoki Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga bog‘langan bo‘ladi hamda shimoliy koreyalik yetakchilarga o‘ziga xos stop-signal bo‘lib xizmat qiladi", - deya ta'kidlab o‘tdi u. Shuningdek uning ma'lum qilishicha, KXDR tashqi iqtisodiy faolligining 90 foizi Xitoyga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan yilning noyabrida BMT Xavfsizlik Kengashi KXDRga nisbatan yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi 2321-rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi – bu ushbu mamlakatning yadro va raketa dasturi bilan bog‘liq. Hujjatda Pxenyan XK rezolyutsiyalarini buzishda davom etayotganidan “jiddiy tashvishda ekanliklari” bildirilgan. 

Xavfsizlik Kengashidan ta'kidlashlaricha, bunday faoliyat yadro quroli ishlab chiqish hamda mintaqa va uning tashqarisidagi vaziyatning keskinlashishiga olib keladi.

Shundan so‘ng fevralda KXDR o‘rta masofadagi navbatdagi ballistik raketasini uchirdi. BMT XK Pxenyan tomonidan o‘tkazilgan tajribalarni keskin qoralab chiqdi va undan rezolyutsiyani buzishdan tiyilishga chaqirdi.

KXRD esa bu hujjatlarni tan olmayapti. Ta'kidlanishicha, mamlakatda Vashingtonning dushman kayfiyatdagi siyosati fonida mudofaa sohasini mustahkamlashga to‘la huquq bor.

Mavzuga oid
Top